Buxoro yangiliklari

Buxoro tumanidagi 25-maktab yonida xavfsiz piyodalar o‘tish joyi tashkil etildi

school road cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yaqinida bir dona qavariq piyodalar o‘tish joyi tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Mazkur maktab Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi 80V131 avtomobil yo‘lida joylashgan. Maktabga olib boruvchi hududdagi yangi o‘tish joyi o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi, transport vositalari tezligini pasaytirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun tashkil etildi.

25-maktab yonida piyodalar xavfsizligi uchun yo‘l ishlari

Shuningdek, haydovchilar maktabga yaqinlashayotganda tezlikni oldindan pasaytirishi uchun maktabdan 100 metr o‘ng va 100 metr chap tomonda jami uchta sun’iy notekislik o‘rnatildi.

25-maktab yonida piyodalar xavfsizligi uchun yo‘l ishlari

Ushbu sun’iy notekisliklar transport vositalari tezligini nazoratli ravishda pasaytirish, haydovchilarning e’tiborini maktab hududiga jalb etish hamda piyodalar, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

25-maktab yonida piyodalar xavfsizligi uchun yo‘l ishlari

25-maktab yonida piyodalar xavfsizligi uchun yo‘l ishlari

25-maktab yonida piyodalar xavfsizligi uchun yo‘l ishlari

25-maktab yonida piyodalar xavfsizligi uchun yo‘l ishlari

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.