Buxoro yangiliklari

Kogonda 600 metrlik salomatlik yo‘laklari bo‘lgan yangi dam olish maskani barpo etildi

kogon park cover 2026 10 10
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Kogon tumanidagi «Bahouddin Naqshband» mahallasining Yangiyo‘l ko‘chasida aholining dam olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun zamonaviy jamoat maskani barpo etildi. Majmua tun-u kun — «24/7» rejimida faoliyat yuritishga mo‘ljallangan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Loyiha doirasida 60 sotixdan ortiq hudud obodonlashtirildi. Turli yoshdagi aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan infratuzilma hududni rivojlantirish, qulay sharoit yaratish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.

Kogon tumanidagi Yangiyo‘l ko‘chasida yangi dam olish maskani

Yangilangan ko‘chada bolalar va o‘smirlar uchun zamonaviy o‘yin maydonchasi, yoshlar va sport ixlosmandlari uchun vorkaut maydonchasi tashkil etildi. O‘rindiqlar, tungi yoritish chiroqlari, sayr yo‘laklari va hordiq chiqarish uchun ayvonlar barpo etildi.

Kogon tumanidagi Yangiyo‘l ko‘chasida yangi dam olish maskani

Maskanda o‘rindiqlar bilan jihozlangan zamonaviy favvoralar maydoni ham yaratildi. Piyodalar va velosiped harakati uchun mo‘ljallangan salomatlik yo‘laklarining umumiy uzunligi 600 metrni tashkil etadi.

Kogon tumanidagi Yangiyo‘l ko‘chasida yangi dam olish maskani

Qurilish-bunyodkorlik ishlari pudratchi «Buxara gold new building» MChJ ishchi-mutaxassislari tomonidan belgilangan loyiha asosida amalga oshirildi. Yangi maskan mahalladoshlarga yoshidan qat’i nazar sayr qilish, oilaviy hordiq chiqarish va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlarni taqdim etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.