Buxoro yangiliklari

Qorovulbozor texnikumida 983 million so‘mlik yopiq futbol maydoni qurilmoqda

qorovul sport cover 2026 10 11
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Qorovulbozor tumanidagi texnikumda usti yopiq mini-futbol maydoni va uning atrofida yugurish yo‘lagi qurilmoqda. Loyihaga 983 million 167 ming so‘m mablag‘ sarflanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Mazkur ta’lim muassasasi 2002-yilda barpo etilgan va 2023-yilda texnikum sifatida qayta tashkil qilingan. 450 o‘ringa mo‘ljallangan bilim yurtida hozir 587 nafar o‘quvchi tahsil olib, kasb-hunar o‘rganmoqda. Texnikumda sakkizta ishlab chiqarish ustaxonasi mavjud.

Qorovulbozor texnikumidagi sport inshooti qurilishi — manba surati 1

Sport inshooti texnikum jamoasi tashabbusi bilan “Open budjet” loyihasi doirasida yutib olingan mablag‘ hisobidan barpo etilmoqda. Maydon va yugurish yo‘lagi yoshlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Qorovulbozor texnikumidagi sport inshooti qurilishi — manba surati 2

Loyiha viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi injeniring xizmati” DUK buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan. Qurilish ishlarini pudratchi “Gidroprom injeniring” MChJ ishchi-mutaxassislari amalga oshirmoqda.

Qorovulbozor texnikumidagi sport inshooti qurilishi — manba surati 3

Bir oy avval boshlangan qurilishni noyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Qorovulbozor texnikumidagi sport inshooti qurilishi — manba surati 4

Qurilish jarayoni tuman hokimligining kundalik o‘rganishlari va nazorati ostida davom etmoqda.

Qorovulbozor texnikumidagi sport inshooti qurilishi — manba surati 5

Ishlarning sifatli bajarilishi, zarur qurilish ashyolari ta’minoti hamda ishchilarga yaratilgan mehnat xavfsizligi sharoitiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qorovulbozor texnikumidagi sport inshooti qurilishi — manba surati 6

Loyiha yakunlangach, texnikum o‘quvchilari va mahalliy yoshlar zamonaviy sport inshootida futbol o‘ynash, yugurish hamda jismoniy faolligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu tumanda ommaviy sportni rivojlantirish va yoshlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.