Buxoro yangiliklari
Shofirkonda beshta mahalla infratuzilmasi loyihasiga qariyb 5 milliard so‘m yo‘naltirildi
Shofirkon tumanida «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla» dasturi doirasida beshta muhim loyiha amalga oshirilmoqda. Ularning ijrosi uchun umumiy hisobda qariyb 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Mahalla va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tumanda bunyodkorlik, obodonlashtirish va ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Joriy yil uchun davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘larni sarflash bo‘yicha tuman manzilli dasturi ishlab chiqilgan.

Dastlabki loyihalardan biri — tuman markaziga yaqin «Tinchlik» mahallasi ma’muriy binosining qurilishi. Ushbu loyiha uchun 1 milliard 600 million so‘m ajratilgan. Qurilish ishlari pudratchi «Shomurodjon» MChJ ishchi-mutaxassislari tomonidan bajarilmoqda.

«Tinchlik» mahallasida sportsevar yoshlar uchun vorkaut sport maydonchasi barpo etish ham ko‘zda tutilgan. Bu loyiha uchun 250 million so‘m ajratilgan bo‘lib, pudratchi «Buxoro stil stroy» MChJ jamoasi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakuniy bosqichda olib bormoqda.

Manzilli dastur doirasida «Bog‘iafzal» mahallasi ma’muriy binosini mukammal ta’mirlash, shu hududdagi 16-son umumta’lim maktabining sport zali va stadion maydonini ta’mirlash ishlari ham belgilangan.

Shuningdek, «Savrak» mahallasining ma’muriy binosi va mahalla guzarini mukammal ta’mirlash hamda vorkaut maydonchasini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Yangi ma’muriy binolar aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish va mahalla tizimi xodimlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Sport maydonchalari esa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


