Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (13.10.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

2026-yilning 13-oktabr, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun aldanib qolishdan ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Qaysi jabhada bo‘lmasin, oyog‘ingizga bolta urish payida yurganlar topiladi. Faqat dushmanlarni ko‘paytirishdan saqlaning. Borlari ham umringizning oxirigacha yetib ortadi. Qolganining nima keragi bor? To‘g‘ri emasmi? Ishxonadagi vazifangizni ado etish jarayonida o‘z prinsiplaringizdan voz kechmang. Hamkasblarga umuman e’tibor bermang. Jimgina o‘z vazifangizni ado eting.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Bugungi kuningiz unumli, sokin va unutilmas kechadi. Ishxonangizda hurmatingiz tobida bo‘ladi. Ishga ijodiy yondashishingiz uchun miyangiz ham sizga beminnat xizmat qiladi. Muhabbatda oila qurmaganlarning ham omadi keladi. Faqat istaklaringizni nazoratda ushlang. Aks holda ular ziyoningizga ishlab qolishi mumkin. Ayrimlar kechqurun o‘zga shaharga safar qilishi kutiladi. Toza havoda sayr qilishni ham unutib qo‘ymang. Salomatligingizni asrang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bugun «bir qadam oldinga, ikki qadam ortga» degan hikmatga qat’iyan amal qilishingiz talab etiladi. Hamkasblaringiz orasida sizga hasad qiladiganlari paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Shaxsiy hayotda yolg‘iz yashaydiganlarning ishi o‘ngidan keladi. Tasodifan orzuingizdagi inson bilan tanishib qolasiz. Bu tuyg‘ularni qadrlashingiz, baxtingizni ko‘z qorachig‘ingizdek asrashingiz lozim. Bunday baxt har kuni ham yo‘lingizdan chiqavermaydi. Omad sizga yor bo‘lsin!

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Ish bajarishda masalaga ijodiy yondashishingiz kerak bo‘ladi. Ana shunda zimmangizga yuklangan yangi loyihalar bitmas-tuganmas omad va moddiy manfaat olib keladi. Biling, ro‘zg‘ordagi tashvishlarning hammasi sizning yelkangizda ilinib turibdi. Pul masalasida ham tashvish chekishga hojat yo‘q. U o‘z vaqtida qo‘lingizga kelib tushadi. Kechqurun bir dunyo yoqimli xabarlar eshitasiz. Ishqilib, yaxshilikka bo‘lsin!

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun yoningizga maslahat so‘rab keluvchilarning keti uzilmasligi mumkin. Siz esa zerikmasdan barchaning hojatini chiqarasiz. Bu odatingiz maqtovga loyiq. Faqat o‘zingiz haqingizda ham unutib qo‘ymang. Hamma qatori sizning ham tirikchiligingiz bor. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida hamkorlari bilan yangi foydali shartnomani imzolashi kutilmoqda. Bundan tashqari, xorij safariga otlanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!

Parizod (24.08 — 23.09)

Bugun o‘zingiz mehnat qiladigan jamoada qanchalar aziz ekaningizni yana bir bor chuqur his etasiz. Bunga haqlisiz. Chunki ko‘p vaqtlardan beri chin ko‘ngildan, vijdonan mehnat qilib kelmoqdasiz. Shaxsiy biznesiga ega do‘stlarimiz kuzatuvchan bo‘lishlari kerak. Aks holda raqobatchilar chuv tushirib ketishi hech gap emas. Kechqurun avval sport bilan baholi qudrat shug‘ullaning. Keyin salomatligingiz yanada mustahkam tortishi uchun toza havo sayriga chiqing. Alloh sizga yor bo‘lsin!

Tarozi (24.09 — 23.10)

Bugun siz uchun og‘ir va asabiy kechishi mumkin. Nafaqat ishda, balki shaxsiy hayotda ham asabbuzarliklar keragicha topiladi. Ro‘zg‘orda shu qadar muammo ko‘payganki, ularni bartaraf etish uchun yoningizga yordamchi olmasangiz bo‘lmaydi. Do‘stlar bilan muloqotda ichki sirlaringizni oshkor etib qo‘ymasligingiz tavsiya etiladi. Kechqurun yoshi ulug‘ va xasta qondoshlar holidan xabar oling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun juda passiv bo‘lishingiz yetmay, xotirangiz ham pand bera boshlashini his etasiz. Albatta, buning jiddiy sabablari yo‘q emas. Oilasiz bo‘lsangiz, kimnidir ko‘z ostingizga olgan bo‘lib chiqasiz. Mana shu narsa atrofdagilar bilan munosabatlarda ham jiddiy xalal beradi. Shamollashga moyilligingiz bo‘lsa, vitaminlarni ko‘proq iste’mol qiling. Tanani chiniqtirishga alohida e’tibor qarating. Salomatlik pulga sotilmasligini doimo yodingizda saqlang.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bugun shaxsiy muammolarni ijobiy hal etish kalitini izlab toping. O‘zgalarni tanqid ostiga olishdan ehtiyot bo‘ling. Barchaga havas ko‘zi bilan boqing. Yog‘li va xamirli taomlarni ratsioningizdan chiqarib tashlashingiz talab qilinadi. Ayniqsa, oshqozoni tez-tez og‘rib turadiganlar bu qoidaga qat’iy amal qilishlari kerak. Kechqurun hammomga tushing va organizmni tozalash payida bo‘ling. Omadingizni bersin!

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Bugun bir soniyaga ham bo‘shashishingiz mumkin emas. Siz kuchli iroda egasisiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz yetarlicha. Sizni yo‘ldan chiqarishga shay turgan odatlar, xayollarga qarshi mardona kurashing. Muhabbatda harakat taktikasini o‘zgartirishingiz kerak. Birgina romantika bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Suyukli insoningizga sof tuyg‘ularingizni ham to‘liq isbot eta bilishingiz kerak bo‘ladi. Juda bo‘lmasa, kutilmagan sovg‘a hozirlang. Salomatligingiz bugun pand bermoqchi emas. Ovqatni tanlab yesangiz bas. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun ertalaboq ishxonangizda mukofot puli tarqatishlaridan xabar topasiz. Shubhasiz, qalbingiz quvnaydi, vujudingiz qo‘shiq kuylashga hozir-u nozir bo‘ladi. To‘g‘ri, mukofot pulini nimalarga sarflash rejasini allaqachon tuzib bo‘lgansiz. Baribir yoqimli-da. Ko‘p yillardan beri do‘st tutinib kelgan bir kimsa kunning ikkinchi yarmida sizni aldab ketishi kutiladi. Undan o‘ch olishga shoshilmang. Oldin aniq maqsadini aniqlang. Shunga qarab javobini beraverasiz. Kechqurun oila a’zolaringiz davrasida vaqt o‘tkazing.

Baliq (20.02 — 20.03)

Bugun jangovar kayfiyatda bo‘lasiz. Bu kayfiyatingizni ko‘rsa, Napoleon ham sizga havas bilan boqqan bo‘lardi. Bunga ishxonadagi rahbarlarning sizga ishonib o‘ta mas’uliyatli loyihani topshirishi sabab bo‘ladi. Kechki payt yaqin o‘tmishdagi sevgilingizni uchratib qolishingiz ehtimoli bor. Biroz kayfiyatingiz buzilishi mumkin. Biroq bu holat tezda o‘tib ketadi.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.