Buxoro yangiliklari
“Bukhara city”da 700 metr ichki avtomobil yo‘li asfaltlanmoqda
“Bukhara city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasining 1- va 3-uchastkalarida jami 700 metr ichki avtomobil yo‘lini asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Ishlar majmuada ichki avtomobil yo‘llarini qurish loyihasi doirasida “Romitan trans yo‘l qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu hududda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bir qismidir.

Mazkur yo‘llarning barpo etilishi majmua hududida transport vositalarining erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, avtomobillar oqimini tartibga solish hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ichki yo‘l tarmog‘ining rivojlantirilishi hududdagi turar joylar, ishbilarmonlik va xizmat ko‘rsatish obyektlariga transport qatnovini yanada qulaylashtirish imkonini beradi.

“Bukhara city”da amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi va obodonlashtirish ishlari majmuaning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, aholi va tadbirkorlar uchun qulay shahar muhitini yaratishga qaratilgan.



-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


