Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (17.10.2026)
2026-yilning 17-oktabr, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
17-oktabr kuni qo‘y burji ostida tug‘ilganlar o‘zlarini negadir g‘alati tuta boshlashadi. Kimlardandir o‘ch olish payiga tushishadi. Ammo natija nol bo‘lib chiqadi. Bugun salomatligingiz pand berish ehtimoli bor. Shuning uchun imkon boricha ko‘proq dam olishga harakat qiling. Piyoda sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish bugun sizga yordam bermaydi. Yaxshisi, shaxsiy transportingizda sayrga chiqing. O‘zingizni ehtiyot qiling.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun atrofingizni ko‘ngli qoralar qurshab olishi kutiladi. Shuning oqibatida janjalli lahzalar yuzaga kelishi hech gap emas. Emotsiyangiz chegaradan chiqadi. Shu sababli odamlardan o‘zingizni olib qochganingiz ma’qul. Mehnatingiz darajasi yuqori bo‘ladi. Faqat daromad boshqa kunga qoldirilishi mumkin. Ro‘zg‘oringizda muammolar ko‘zga tashlansa, ularni joyida bartaraf eting. Qolgan ishga qor yog‘ib yurmasin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
17-oktabrda kuningiz xafagarchiliklar va jahldorliklardan iborat bo‘lishi kutiladi. Ishxonangizda bajargan ishlaringizga ham aksiga olgandek past nazar bilan qaray boshlashadi. Agar bir joyda o‘tirib ishlasangiz, tez-tez bel va oyoqni mustahkamlovchi mashqlarni bajarib turishingiz tavsiya etiladi. Muolajalar olishingiz zarur deb topilsa, ularni cho‘zishga urinmang. Kechqurun do‘stlardan biriga ro‘zg‘or jihozlaridan birini ta’mirlashda yordam berishingiz kutiladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun sizni noqulay va yoqimsiz vaziyatlar kutadi. Ammo uddaburonsiz. Ularni pozitiv vaziyatga aylantirasiz. Ko‘ribsizki, oilangizdagilar yana quvonishda, tabassum hadya qilishda davom etadi. Jamoatchilik asosida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishdan voz keching. Shundoq ham ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Pullaringiz yanada ko‘payishini xohlayotgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha daromad keltiradigan ish toping.
Arslon (24.07 — 23.08)
17-oktabr kuni oldindan tuzilgan rejalaringiz barbod bo‘lishi, orzularingiz sarobga aylanishi xavf solmoqda. Bu vaziyat sizni chetlab o‘tishining yo‘lini toping. Qarindoshlaringizdan biri kun davomida ensangizni qotiradigan tomosha o‘ylab topishi mumkin. Bunday vaziyatda emotsiyangizni nazoratda ushlashga harakat qiling. Muhabbat haqidagi har qanday suhbatlardan qoching. Alloh sizga yor bo‘lsin!
Parizod (24.08 — 23.09)
Ishxonangizda o‘ta yoqimsiz vaziyat bilan yuzlashasiz. Shu ishdan bo‘shagingiz kelib ketadi. Ammo chidashga majbursiz. Shaxsiy hayotda ham xuddi shunday yoqimsiz lahzalar ta’qib etishi mumkin. Juftingiz yo‘q joydan janjal topib sizni bezovta qiladi. Asossiz rashk paymonangizni to‘ldirishi turgan gap. Ammo buni hayot deb qo‘yibdi. Bardosh kerak. Iroda kuchi ana shunaqangi vaziyatlarda bilinadi. Siz hayot imtihonidan a’lo darajada o‘tishni istasangiz, har qanday vaziyatda xotirjamlikni qo‘ldan bermang.
Tarozi (24.09 — 23.10)
17-oktabrda moliyaviy muammolaringiz faqat sizning foydangizga ijobiy hal bo‘lishini istasangiz, nimadandir voz kechishingiz kerak. Tadbirkorlar yirik bir loyihaga katta pul tikish arafasida turishibdi. Alamingiz kelmasin. Ketgan pul ortidan yangisini ergashtirib keladi. Biznesning asl ma’nosi ham shunda. Oila qurmaganlarning aksariyati bugun kechqurun romantik uchrashuvga chiqishadi. Ayrimlar tabiat qo‘ynida dam olish uchun jo‘nab ketadi. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin! Yaxshi dam olib qayting! Baxtli, saodatli bo‘ling!
Chayon (24.10 — 22.11)
Kuningiz tasodiflardan, anglashilmovchiliklardan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ammo ular ham sizni zerikishga qo‘ymaydi. Kuningiz qanday o‘tganini bilmay qolasiz. Moliyaviy muammolar eng asosiy nuqtaga yetganda, yechimini topa olmay taqqa to‘xtashi mumkin. Demak, siz tuzgan rejalar barbod bo‘ladi. Faqat bundan asabiylashmang. Zaxiradagi pullaringiz bugunga yetib ortadi. Ijodkorlar yaqin kelajakda ishi tushadigan yuqori lavozimli shaxslar bilan uchrashib gaplashishlari kutiladi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
17-oktabr kuni birinchi qiladigan ishingiz suyukli insoningiz bilan shirin suhbatlar qurishdan iborat bo‘ladi. Ammo bu munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun ancha eskirgan usul hisoblanadi. Juftingizning ko‘nglini boshqacharoq usullar yordamida olsangiz yaxshi bo‘lardi. Ishxonangizda zimmangizdagi vazifalarni ham to‘liq ko‘ngildagidek ado etishingiz uchun yetarlicha to‘siqlar paydo bo‘ladi. Asablarni asrang.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Agar xayolingizdan kechayotgan o‘ylarni suhbatdoshingizga ustalik bilan yetkazib bera olsangiz, bilingki, ezgu maqsadlarga yetishingiz uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Ishda ham, oilada ham hurmatingizga hurmat qo‘shiladi. Birovlarni behuda bezovta qilishdan saqlaning. Kunning ikkinchi yarmida ko‘pdan beri ko‘rishmagan do‘stingiz bilan tasodifan uchrashib qolishingiz mumkin. Yolg‘izlardan kimdir ko‘nglidagi insonni bir ko‘rishda sevib qolishi kutiladi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun kun bo‘yi mayda-chuyda ishlar bilan band bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Ranjimang. Bu ishlar mayda bo‘lsa ham sizni zeriktirib qo‘ymaydi. Garchi shaxsiy hayotingizdan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa-da, o‘zingizni omadsiz deb hisoblamang. Kunning ikkinchi yarmida ro‘zg‘oringizda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Ularni bartaraf etishga ko‘p vaqt va mablag‘ sarflashingiz ham ehtimoldan xoli emas. Bugun aslo birovdan qarz ola ko‘rmang.
Baliq (20.02 — 20.03)
17-oktabr kuni beixtiyor qachonlardir sizni doimo yashashga undab turgan xobbingizni eslab qolasiz. Bu sizga faqat foyda beradi. Shaxs sifatida shakllanishingizga turtki vazifasini o‘taydi. Oilaviy byudjetingiz ojizlashib qolgan. Qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun do‘stlaringizdan biri yoqimli xabar yetkazishi mumkin. Bu sizga pozitiv kayfiyat bag‘ishlashiga shubha yo‘q.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


