Buxoro yangiliklari
Vobkentlik oilaning issiqxona, novvoyxona va o‘quv markazi 12–15 kishini ish bilan ta’minlamoqda
Vobkent tumani Xayrixush mahallasida yashovchi Inobat Hakimova va uning oilasi issiqxona, novvoyxona hamda o‘quv markazi faoliyatini rivojlantirib, 12–15 nafar qishloqdoshining doimiy bandligi va daromad topishiga hissa qo‘shmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Inobat Hakimova 20 yildan ortiq tajribaga ega oliy toifali hamshira bo‘lib, qishloq aholisi salomatligini saqlashga hissa qo‘shib kelmoqda. Kasbiy faoliyati bilan birga, xonadonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish va qo‘shimcha daromad manbai yaratishda ham tashabbus ko‘rsatmoqda.

Xonadon tomorqasining 10 sotix maydonida tashkil etilgan issiqxonada yil boshidan 4 ming tupdan ortiq bulg‘or qalampiri ko‘chati parvarishlanib, mo‘l hosil olingan. Bundan 45 million so‘m daromadga erishilgan. Kuzgi mavsumda esa 2 ming tupdan ziyod pomidor ko‘chati parvarishlanmoqda.

Shuningdek, 2 sotix maydonda “to‘qsonbosti” ekinlar va ko‘katlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Oilaning kenja farzandi Feruz Sayfullayev nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etilgan. Hokimning mahalladagi yordamchisi tavsiyanomasi asosida tijorat bankidan olingan 60 million so‘m sarmoya evaziga xonadonda novvoyxona barpo qilingan. Sexda 10 dan ortiq turdagi non mahsulotlari tayyorlanmoqda.

Imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan zamonaviy uskunalar ham xarid qilingan. “Sayfullayev Feruz” MChJ tarkibidagi bufet faoliyati oilaning moddiy manfaatdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Feruz tashkil etgan o‘quv markazida yuzga yaqin yosh biologiya, kimyo va ingliz tili fanlarini o‘rganmoqda. Markaz o‘quvchilari 30 dan ortiq milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. Ushbu faoliyat orqali yana 4 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.

Hokimlik ma’lumotida qayd etilishicha, kasbiy faoliyat, oilaviy mas’uliyat va tadbirkorlikning uyg‘un olib borilishi nafaqat xonadonning, balki mahalla aholisining ham turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


