Buxoro yangiliklari
Kogonning yetti qishlog‘ida 8 kilometrdan ortiq yo‘l asfaltlashtirildi
Kogon tumanidagi Mallapo‘sh, Gulobod, Arabxona, Navbahor, Uyrot, Qutrobod va Hofizlar qishloqlarida 8 ming metrdan ortiq ichki yo‘l asfaltlashtirildi. Hududlarga muqobil energiya manbalari asosida ishlaydigan 70 dona zamonaviy LED yoritish moslamasi ham o‘rnatildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Infratuzilma ishlari Prezidentning 2021-yil 18-sentabrdagi Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida bajarildi.

Loyiha doirasida yetti qishloqning ta’mirtalab ichki yo‘llari yangilandi. Mazkur hududlarda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Ishlar pudratchi — “Gazli yo‘l qurish-ta’mirlash” MChJning mexanizatsiyalashgan ishchi-mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Jarayonga zamonaviy yo‘l-qurilish texnikalari va maxsus mexanizmlar jalb etildi.

Asfaltlashtirishdan oldin ko‘chalarning holati atroflicha o‘rganilib, yo‘llarning asos qismi qayta tekislandi. Belgilangan texnik me’yorlar asosida mustahkam poydevor qatlami shakllantirilgach, asfalt yotqizildi.

Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, ta’mirlash-tiklash ishlari mahallalar infratuzilmasi va aholining turmush sharoitini yaxshilashga, shuningdek, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


