Buxoro yangiliklari
Buxoroning Ibn Sino ko‘chasida 21,8 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda
Buxoro shahrining Ibn Sino ko‘chasida aholi va mehmonlarga kecha-yu kunduz xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan savdo-maishiy va gastronomik maskan barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 21,8 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Shaharsozlik talablari asosida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 2,3 ming metr yo‘l qismining ikki tomonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Hududda koshinli g‘ishtlar bilan qoplangan yo‘laklar, manzarali ko‘chatlar va gullarni sug‘orish tarmog‘i, ayvonlar hamda besedkalar barpo etilmoqda. Hudud tungi yoritish chiroqlari bilan ham jihozlanmoqda.

Loyiha uchun sarflanadigan 21,8 milliard so‘mning 18 milliard so‘mini buyurtmachi mablag‘lari, 3,8 milliard so‘mini esa respublika mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Hududga 25 ta ko‘cha chirog‘i, 20 ta manzarali dekorativ chiroq, 25 ta chiqindi qutisi va 30 ta o‘rindiq o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari, sun’iy favvora, dekorativ stellalar va kichik me’moriy elementlar bunyod etilmoqda.

Yo‘lning 1 ming metr qismida pardozbop bruschatkalar yotqizilmoqda. Umumiy uzunligi 2,3 ming metr bo‘lgan piyodalar yo‘laklari ham obodonlashtirilmoqda.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida aholi, shahar mehmonlari va sayyohlar uchun qulay hamda shinam muhit yaratish maqsad qilingan. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 10 ta inshootni tashkil etish va kengaytirish, 50 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Hududdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shahar hokimligi tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


