Buxoro yangiliklari

Buxoro yaylovlarida 51 ta suv ta’minoti inshooti qurish rejalashtirilmoqda

19 pasture cover
Illyustrativ surat: Buxoroisharif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Buxoro viloyatida yaylovlar holatini yaxshilash va ularning suv ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha yangi choralar rejalashtirilmoqda. Jumladan, 2026–2028-yillarda chorva mollarini suv bilan ta’minlaydigan 51 ta inshoot barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv ta’minotini yaxshilash va ulardan samarali foydalanish yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotdan so‘ng Buxoro misolidagi vazifalarni bayon qildi.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, viloyatdagi 4 million gektar yerning 65 foizi — 2 million gektardan ortiq maydon yaylovlarga to‘g‘ri keladi. Yaylovlardan 922 ming gektari degradatsiyaga uchragan. Hokim bu yerlardan foydalanish samaradorligi bugungi talablarga javob bermayotganini qayd etdi.

Qaror loyihasiga muvofiq, 2026-yilda 10 foiz — qariyb 100 ming gektar, 2027-yilda esa 20 foiz — qariyb 200 ming gektar yaylov holatini yaxshilash rejalashtirilgan.

Mazkur yerlarda vaqtincha chorva boqishga moratoriy joriy etish, cho‘l iqlimiga mos ekinlarni ekish va almashlab ekishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Bu choralar hozircha loyiha doirasida bayon qilingan.

2026–2028-yillarda qurilishi rejalashtirilgan 51 ta suv ta’minoti inshooti 153 ming gektar maydonda qo‘shimcha chorva mollarini ko‘paytirish imkonini berishi aytildi.

Botir Zaripov yaylovlardan samarali foydalanish va ularni iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi Buxoro viloyatida ta’minlanishini bildirdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.