Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (20.10.2026)
2026-yilning 20-oktabr, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
20-oktabr kuni ishga ham, atrofdagilarga, ayniqsa, oila a’zolaringizga ham alohida hurmat va mehr-muhabbat bilan yondashing, munosabatda bo‘ling. Agar kimdir ko‘nglingizni og‘ritish payida ekanini sezib qolsangiz, u odam bilan muloqot qilishni to‘xtatib qo‘ya qolganingiz ma’qul. To‘g‘riso‘zlilik va erkinlikning qadriga yetish bugun sizning shioringizga aylanmog‘i darkor. Kechqurun ro‘zg‘ordagi muammolar bilan o‘ralashib qolishingiz kutiladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Juda sergaklik bilan harakatlar sodir eting. Ruhan to‘laqonli garmoniyaga ega bo‘lish yo‘llarini qidiring. Bugun aqliy mehnat kutilganidek daromad keltirishi mumkin. Jismoniy mehnatni buguncha bir chetga sura turing. Moliyaviy muammolarni qarindoshlar ko‘magisiz bartaraf eta olmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida asosan salomatlikni mustahkamlash payida bo‘ling. Ammo sport bilan shug‘ullanmang. Bu salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Aniqrog‘i, bugun sizga jismoniy zo‘riqishlar ziyon yetkazadi xolos.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
20-oktabrda omad va muvaffaqiyatlar sari o‘zingizga qattiq ishongan holda olg‘a qadam tashlang. Shunda ko‘zlangan maqsadga yetasiz. Atrofdagilarning siz haqingizda nima deyotgani bilan ishingiz bo‘lmasin. Qanday gap boshlashgan bo‘lishsa, shunday yakunlashadi. Har bir ishga ijodiy yondashishga harakat qiling. Kechqurun olis safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Lekin safarga yolg‘iz chiqmang.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kuningiz garmoniyaga juda boy bo‘lishi kutilmoqda. Asosiysi, atrofga alanglashdan tiyiling. Yaxshisi, oyoq ostingizga ko‘proq nazar tashlab turing. Ba’zilar bugun lotereya yoki kim bilandir bahs boylashish natijasida katta pul yutib olishlari mumkin. Imkoningiz bo‘lsa, bugun xayriya ishlari bilan shug‘ullansangiz, katta savobga ega bo‘lardingiz. Kechqurun oila qurmaganlarning ayrimlari yangi tanishuv va romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi.
Arslon (24.07 — 23.08)
20-oktabrda ilgari janjallashib qolgan odamlar bilan yarashishingiz uchun qulay fursat tug‘ilishi mumkin. Esda tuting, bugun shaxsiy hayot va ish yuzasidan munosabatlar ko‘p muammolarni ijobiy hal etishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida sizni ommaviy tadbirlardan biriga taklif etishlari mumkin. Oila tashvishlari ham sizning bo‘yningizda ekanini unutmang. Kechqurun yoqimli xabar eshitasiz. O‘zingizni ehtiyot qiling. Asabni asrang!
Parizod (24.08 — 23.09)
Kuningiz hodisalarga boy bo‘ladi. Lekin ularning barchasi yorqin va yoqimli kechishi mushkul. Ayrim hodisalar kayfiyatingizni buzib qo‘yishi ham ehtimoldan xoli emas. Ish yuzasidan yangi tanishuvlar moliyaviy ahvolingizni a’lo darajaga yetkazishi mumkin. Kechki payt sizdan qarz olganlar qarzlarini qaytarishi kutiladi. Surunkali xastalikka uchraganlar salomatligi haqida jiddiy qayg‘urishi kerak. Kechqurun yoshi ulug‘ va xasta qondoshlardan xabar oling va qo‘shimcha savobga ega bo‘ling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
20-oktabr kuni hal etishingiz lozim bo‘lgan ishlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Agar ora-sirada ularning ayrimlari yo‘rig‘ingizga yura qolmasa, achchiqlanmang. Sabr va matonat bilan bu qaysardan-qaysar yumushni o‘zingizga bo‘ysundiring. Chunki daromad aynan shu ishlarning intihosiga qarab keladi. Oilaviy hayotda u qadar yoqimli bo‘lmagan hodisa yuz berish ehtimoli bor. Og‘irroq bo‘ling, juftingizga nisbatan adolatli munosabat yuriting.
Chayon (24.10 — 22.11)
Ertalab o‘zga shaharga safar qilishingiz kutilmoqda. Safar sizga mo‘may daromad keltiradi. Atrofdagilar, yoshi ulug‘ qondoshlar maslahatlarini inkor etmang. Maslahatlar sizning foydangizga ishlaydi. Buni keyinroq chuqur his eta boshlaysiz. Kechki payt ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin. Kechqurun sportning faol turlari bilan shug‘ullaning. Ovqatlanishda rejimni buzmang. Me’yorni biling.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
20-oktabrda yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolaringizni obdon tahlil qiling. Shunda bugun amalga oshiradigan ishlarda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaysiz. Moddiy ahvolingiz kechqurunga borib yaxshilanishi mumkin. Bu muammoni yaqin do‘stingiz ijobiy hal qilib beradi. Albatta chuqur minnatdorchilik bildiring. Keyin ham ko‘p bor ishingiz tushishi mumkin. Oila qurmaganlar bugun romantikadan umid qilmasalar ham bo‘ladi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kuningiz yoqimli, quvnoq, serdaromad kechadi. Faqat ichi qora, ikkiyuzlamachi va hasadgo‘ylar ta’siriga tushib qolmasangiz. Undaylarni darrov payqashga va zudlik bilan o‘zingizni chetga olishga harakat qiling. Moliyaviy masalada har bir tiyinni alohida hisob-kitob qiling. Bugun xarajatlardan voz kechib turganingiz durust. Muhabbatda yon berish usulini tanlaganingiz yaxshi. Shunisi tinch. Sog‘lig‘ingiz bugun pand bermaydi. Baribir ehtiyotingizni qiling.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
20-oktabr kuni kayfiyatingiz bayramona tusda bo‘ladi. Qanday hodisa sababli, buning farqi yo‘q, ishqilib bayram tashkil etgingiz kelaveradi. Bayram bahona ertangi ish kuni uchun qo‘shimcha kuch to‘plab olishga nima yetsin. Xaridlarda juda sergak bo‘ling. Agar azartga tushib katmonni bo‘shatib qo‘ysangiz, inqirozga yuz tutishingiz turgan gap. Kechqurun oilasizlardan kimdir romantik uchrashuvni boshdan o‘tkazadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ichki dunyongizga sinchiklab nazar tashlashni unutmang. Shunday qilsangiz, foydali va qiziqarli jihatingizni uchratarsiz balki. Bugun kitob mutolaa qilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish va sevimli xobbi bilan shug‘ullanish foydali kechadi. Muhabbatda qat’iyatli bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Shu narsa juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Bosh va oyoq og‘rig‘iga qarshi xalqona usullar ko‘magida kurashing.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


