Özbekiston

O‘zbekistonda oxirgi 6 oyda ish joyida 137 kishi vafot etdi — Mehnat inspeksiyasi

pic
Foto: AP

Loading

Oʻzbekistonda 2026-yil yanvar—iyun oylarida ish joylarida 447 ta baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda Mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi. 

Tahlillarga koʻra, 21 ta falokat guruh boʻlib ishlovchilar faoliyatida qayd etilgan. Yana 311 tasi ogʻir oqibatli noxush holatlar boʻlgan. Ish davomida yuz bergan 113 ta baxtsiz hodisa oʻlim bilan tugagan.

Umumiy holatlarda jabrlanganlar soni 494 nafarni tashkil etgan. Shundan 337 nafari ogʻir, 20 nafari yengil jarohatlangan. Qolgan 137 nafar ishchi vafot etgan.

“Baxtsiz hodisalar natijasida 10 mlrd 376 mln soʻm biryoʻla beriladigan va oyma-oylik zarar pullari undirib berildi”, deyiladi inspeksiya xabarida.

Eng koʻp baxtsiz hodisalar sanoat (144 ta) va qurilish (127 ta) sohalarida qayd etilgan. Hududlar kesimida esa Toshkent shahrida jabrlangan ishchilar ulushi nisbatan yuqori boʻlgan (95 ta holat).

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.