Buxoro yangiliklari
Prezident Buxoro viloyat “GAI” boshlig‘i va Buxoro tuman IIB xodimini taqdirladi
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir guruh soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Mukofotlanganlar orasida Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan ikki nafar ichki ishlar organi xodimi ham bor.
Prezident farmoniga muvofiq, Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori Luiza Ramazonovna Muxsinova “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Anvar Raxmatovich Axmedov “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
Mazkur mukofotlar ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning fidokorona mehnati, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi xizmatlariga berilgan yuksak e’tirofdir.
Buxoroisharif.uz tahririyati davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan har ikki yurtdoshimizni samimiy tabriklab, ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi yutuqlar tilaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


