Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (17.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 17-iyul, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ish joyingizda ham hamkasblarga nisbatan munosabatlarni yanada chuqurlashtiring. Bu sizga faqat foyda keltiradi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Kunning ikkinchi yarmida yo hamkasb, yo do‘stlardan biri bilan orangizda jiddiy suhbat kechish ehtimoli bor. Suhbat davomida masofani saqlang, ortiqcha gaplarni gapirib qo‘ymang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun vujudingizda quvvat deganining oxiri yo‘q. Har qanday orzuingizdagi ishlarni sira qiynalmasdan amalga oshirishga qodirsiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
O‘zgalarning hayoti, nima ish qilayotgani-yu, nima yeb, nima ichayotgani bilan kamroq qiziqishingiz tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotingizni to‘laqonli izga tushirish uchun bugun imkoniyatlar eshigi ochiq.

Arslon (24.07 — 23.08)
Ishxonada professionallik bo‘yicha sizga yetadigani bo‘lmaydi. Biroq mavqe oshishi masalasini keyinga surib turishga majbursiz.

Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun ko‘proq o‘zingiz, ishingiz va kelgusi hayotingiz haqida qayg‘ursangiz, sira ziyonga yuz tutmaysiz. E’tibor uchun arzimaydigan odamlarga e’tibor berib o‘tirmang

Tarozi (24.09 — 23.10)
Endigina pul kamligidan shikoyat qila boshlaganingizda, moliyaviy muammolaringiz birdaniga ijobiy hal bo‘lishi kutiladi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Yangi muvaffaqiyatlar, g‘alabalarga erishishdan oldin eskilarini biryoqli qiling. Qolaversa, prinsipingizni ham o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugungi kun yangi g‘oyalarni hayotga tadbiq etish uchun ham juda qulay kechadi. Qarama-qarshi jins vakillari yoki vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilmang, hayotingiz ostin-ustun bo‘lib ketishi turgan gap.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Xonadoningizda osudalik hukm suradi. Moddiy ahvolingiz haminqadarga aylanish arafasida bo‘lsa ham sira tashvish chekmang.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ishxonangizdagi barcha hamkasblar, rahbarlar qarshisida hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan yangi qirralaringiz arzimas sabab bilan ochilib ketishi kutiladi. Bu sizga faqat plyus olib keladi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Avvalo uyingizdagi muhitga e’tibor qarating. Agar buzila boshlaganini sezsangiz, darhol ilgarigi holatiga keltirish harakatida bo‘ling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.