Buxoro yangiliklari
“The Drive of Peace” ishtirokchilari Gʻijduvonga tashrif buyurdi
Bir necha kun oldin O‘zbekiston bo‘ylab o‘z safarini boshlagan “The Drive of Peace” xalqaro elektromobil ekspeditsiyasi ishtirokchilari Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumaniga tashrif buyurdi. Xalqaro loyiha doirasidagi ushbu manzil mehmonlarga hududning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Elektr va gibrid avtomobillarda amalga oshirilayotgan mazkur ekspeditsiyaning asosiy maqsadi Buyuk Ipak yo‘li merosini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda qayta kashf etish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning tarixiy obidalari hamda sayyohlik salohiyatini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishdan iborat.
Gʻijduvonga tashrif davomida delegatsiya a’zolari tumanning ko‘p asrlik tarixi, milliy hunarmandchilik an’analari va madaniy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdi. Ularga Viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Shaxriyorov hamhorlik qildi. Dunyoga mashhur Gʻijduvon kulolchilik maktabi, uning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan noyob uslubi, nafis mahsulotlari va boy tajribasi esa mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ekspeditsiya ishtirokchilari milliy hunarmandlar faoliyati, qadimiy kulolchilik sir-asrorlari hamda ushbu san’atning bugungi kundagi rivoji bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
“The Drive of Peace” loyihasi ekologik toza transport vositalarida sayohat qilishni ommalashtirish bilan birga, tinchlik, madaniyatlararo muloqot va barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan xalqaro tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda.
Mazkur ekspeditsiyaning Gʻijduvonga tashrifi Buxoro viloyatining tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, xorijlik sayyohlar e’tiborini hududning sayyohlik salohiyatiga qaratish hamda milliy hunarmandchilik an’analarini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu kabi xalqaro loyihalar mamlakatning turizm jozibadorligini oshirish, madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ekologik mas’uliyat g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Gʻijduvon kabi tarixiy maskanlarning xalqaro sayyohlik yo‘nalishlariga faol kiritilishi mahalliy hunarmandlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ekologik transport vositalarida amalga oshirilayotgan bunday ekspeditsiyalar esa zamonaviy texnologiyalar va boy tarixiy meros uyg‘unligini namoyish etuvchi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


