Jahon

Yevropada avgust yana odatdagidan issiq bo‘lishi kutilmoqda

pic 01
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Yevropada avgust oyida havo harorati odatdagidan yuqori bo‘lishi, ayniqsa O‘rta yer dengizi mamlakatlari va Yevropaning janubi-sharqida yangi issiq to‘lqinlari kuzatilishi mumkin. Bu haqda Euronews yozmoqda.

Iyuldagi ketma-ket issiq to‘lqinlaridan so‘ng qit’aning ko‘p hududlarida havo harorati 40 °C dan oshdi. Fransiya va Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inlari keng maydonlarga tarqalib, aholini evakuatsiya qilishga sabab bo‘ldi.

WFY24 prognoz platformasi ma’lumotiga ko‘ra, eng kuchli issiqlik signali Iberiya yarimoroli, Italiya, Gretsiya va Bolqonning bir qismida bo‘lishi kutilmoqda. Neapol, Barselona, Rim, Valensiya, Nitsa, Saloniki, Split va Afinada tunlari ham harorat 20 °C dan pastga tushmasligi mumkin. Bunday «tropik tunlar» issiqlik stressi xavfini, ayniqsa, zaif guruhlar uchun oshiradi.

Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati ham avgustda harorat 35 °C ga yetishi mumkinligini bildirdi. Mutaxassislar ekstremal issiqlikning tez-tez va kuchliroq kuzatilishini iqlimning isishi bilan bog‘lamoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.