Buxoro yangiliklari
Shofirkonda ijtimoiy himoyaga muhtoj 24 oila farzandlari qo‘llab-quvvatlandi
Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va saxovat kabi ezgu fazilatlarni keng qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bayram va shodiyona kunlarda turli sabablar tufayli bunday quvonchlardan chetda qolayotgan oilalar farzandlariga e’tibor ko‘rsatish ezgu an’anaga aylanib bormoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Shofirkon tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tumandagi «Ilhom» tantanalar majmuasida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan 24 oilaning farzandlari uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Tadbir Shofirkon tumani hokimligi, Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi hamda saxovatpesha homiylar hamkorligida tashkil etildi. Unda bolalar, ularning ota-onalari va yaqinlari, mahalla faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shofirkon tumani hokimi Mo‘min Amonov bolalar, ularning ota-onalari va yaqinlarini sunnat to‘yi bilan tabrikladi.

— Bugungi shodiyona barchamiz uchun quvonchli va unutilmas kun. Farzandlarimizning baxt-u kamolini ko‘rish, ularning sog‘lom, bilimli va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi har bir ota-onaning eng ezgu orzusidir. Aziz bolajonlar, sizlarni bugungi sunnat to‘yingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Kelgusida yaxshi o‘qib, puxta bilim egallab, odob-axloqingiz bilan barchaga o‘rnak bo‘lib, Vatanimiz va xalqimizga munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishingizni tilayman. Doimo ota-onangizning, ustozlaringizning va el-yurtimizning faxri bo‘ling, — dedi tuman hokimi.

Tadbir davomida bolalarga bildirilgan ezgu tilaklarda ularning kelajagiga bo‘lgan ishonch va e’tibor alohida namoyon bo‘ldi. Mehr va e’tibor ko‘rib ulg‘ayayotgan farzandlar kelajakda yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib yetishishi ta’kidlandi.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar farzandlariga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun tashkilotchilar hamda homiylarga minnatdorlik bildirdi. Ularning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar oilalarga nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan ham ko‘mak bo‘lib, jamiyat va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini his etishga xizmat qiladi.

Bunday xayrli tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, saxovat, insonparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga bayramona kayfiyat ulashish, ularning tengdoshlari qatori quvonchli kunlarni nishonlashiga imkon yaratish katta ma’naviy ahamiyatga ega.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


