Buxoro yangiliklari

Buxoro IIB qo‘riqlash bo‘linmalariga 100 nafar xodim qabul qilinadi

buxoro security staff cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyati IIB qo‘riqlash bo‘linmalaridagi safdor xodimi lavozimlariga tanlov e’lon qilindi. Buxoro viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar uchun 100 nafar nomzodni xizmatga qabul qilish bo‘yicha tanlov boshlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tanlovga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar taklif etiladi.

Arizalarni qabul qilish 2026-yil 13-avgustdan 22-avgustga qadar davom etadi.

Nomzodlar oliy ma’lumotga — bakalavriat darajasiga ega bo‘lishi, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lishi, erkak jinsiga mansub hamda bo‘yi 175 santimetr va undan yuqori bo‘lishi lozim.

Belgilangan talablarga to‘liq mos keladigan nomzodlar arizalarini faqat onlayn tarzda kb.iiv.uz sayti orqali yuborishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998 91 401 41 19.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.