Buxoro yangiliklari
Qorovulbozorda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda
Qorovulbozor tumanida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish bo‘yicha mavjud holat va ehtiyojlar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Respublika ishchi guruhi, xususan, “Uztransgaz” AJ xodimlari tumandagi elektr va gaz ta’minoti tizimlari, tarmoqlarning texnik holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni tahlil qilmoqda.

O‘rganishlar davomida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik holatiga ham e’tibor qaratilib, kuz-qish mavsumida ularning uzluksiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi xonadonlariga chiqilib, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq amaliy holat o‘rganildi. Iste’molchilar bilan muloqot davomida mavjud muammolar, taklif va ehtiyojlar tinglandi.

Bugungi kunda Qorovulbozor tumanida elektr energiyasi ta’minoti tizimida 6 ming 353 nafar abonent mavjud. Shundan 5 ming 635 tasi aholi xonadonlari, 718 tasi ulgurji iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha esa tumanda 5 ming 381 ta aholi abonenti va 152 ta ulgurji iste’molchi mavjud. Ayni paytda o‘rtacha kunlik tabiiy gaz iste’moli 30–34 ming kub metr atrofida.

Jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud imkoniyat va zaxiralardan samarali foydalanish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Bu ishlarning asosiy mezoni — kuz-qish mavsumida har bir xonadon, ijtimoiy soha obyekti va iste’molchiga elektr energiyasi hamda tabiiy gazni barqaror yetkazib berish. Shu bois mavjud muammolarni mavsum boshlanishidan avval aniqlash va bartaraf etish masalasi ishchi guruhning asosiy e’tiborida bo‘lmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


