Buxoro yangiliklari

Buxorolik besh nafar bokschi qiz O‘zbekiston kubogida sovrin oldi

bokschi qizlar
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Urganch shahrida 5–12-avgust kunlari ayollar hamda 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Musobaqada Buxoro viloyatidan qatnashgan besh nafar bokschi qiz sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Ayollar bahsida 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Farzona Fozilova oltin medalni qo‘lga kiritdi. 54 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Uzukjamol Yunusova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda Rayhona Rajabova 54 kilogrammgacha, Mohichehra Hamidova 57 kilogrammgacha, Ruzaliya Gabidullina esa 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Buxoro viloyati vakillari O‘zbekiston kubogini bitta oltin, bitta kumush va uchta bronza medal bilan yakunladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.