Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi to‘rtta mahallada aqlli kameralar “Qalqon” tizimiga ulandi
Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2-son ichki ishlar bo‘limi hududida jamoat xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Ishlar Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida olib borildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tadbirlarning asosiy yo‘nalishi jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda “fuqarobay” ishlash tizimini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

S. Rahimov, G‘afur G‘ulom, Alisher Navoiy va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida tozalik hamda obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Hududlardagi kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan umumxalq hasharlarida mahalla faollari va aholi vakillari qatnashdi.

Ushbu to‘rtta mahalladagi savdo do‘konlari, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga yuzni tanib oluvchi aqlli kameralar o‘rnatildi. Qurilmalar “Qalqon” tizimiga integratsiya qilindi.

G‘afur G‘ulom mahallasidagi nizoli oilalardan birining holati “mahalla yettiligi” ishtirokida muhokama qilinib, tomonlarni yarashtirish choralari ko‘rildi. Shuningdek, nizoli oilalar istiqomat qiladigan ayrim xonadonlar tezkor qo‘riqlov pultlariga ulandi.

Profilaktik tadbirlar davomida jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilib, tartibni buzgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Sud qarori bilan to‘rt nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olindi, yana ikki nafar fuqaro alkogolga qaramlikdan majburiy davolanishga yuborildi.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


