Buxoro yangiliklari
Buxoroda ba’zi yo‘llar yopiladi, ko‘chalarda xavfsizlik kuchlari texnikalar bo‘ladi
14–15-avgust kunlari Buxoro viloyatining ayrim hududlarida odatdagidan farqli vaziyat kuzatilishi mumkin. Shahar va tumanlardagi avtomobil yo‘llarida harakat vaqtincha cheklanadi, Buxoro shahri ko‘chalariga esa maxsus texnikalar jalb etiladi.
Bunga viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida o‘tkaziladigan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar sabab bo‘ladi.
Tasdiqlangan reja asosida ikki kun davom etadigan mashg‘ulotlar vaqtida viloyatning shahar va tumanlari hududidan o‘tuvchi ayrim avtomobil yo‘llarida transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanishi mumkin. Natijada ayrim yo‘nalishlarda tirbandliklar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Buxoro shahri ko‘chalarida maxsus texnikalarning harakatlanishi ham ko‘zda tutilgan. Shu sababli ko‘chalarda maxsus transport vositalarining ko‘payishi yoki noodatiy harakatlarni ko‘rgan fuqarolardan vahimaga tushmaslik so‘ralmoqda. Bularning barchasi rejalashtirilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar doirasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, fuqarolardan vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, tekshirilmagan va asossiz xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik so‘ralgan.
Haydovchilarga esa ayniqsa e’tiborli bo‘lish tavsiya etiladi. Harakat cheklangan hududlarda yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ko‘rsatmalariga hamda yo‘l belgilariga qat’iy rioya qilish zarur.
14–15-avgust kunlari ayrim yo‘nalishlarda kutilmagan tirbandliklarga duch kelmaslik uchun safarni oldindan rejalashtirish maqsadga muvofiq. Zarurat tug‘ilganda muqobil aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Demak, yaqin ikki kun ichida Buxoro ko‘chalarida maxsus texnikalarni ko‘rsangiz, ayrim yo‘llar to‘satdan yopilsa yoki transport harakati cheklansa, vahimaga o‘rin yo‘q. Bu favqulodda holat emas, balki oldindan rejalashtirilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘liq jarayon.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


