Buxoro yangiliklari
Buxorolik uch nafar pedagog tarmoq mukofotlari bilan taqdirlandi
“Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan V “Ustozlar milliy forumi”ning tantanali yopilish marosimida ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar taqdirlandi. Bu haqda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Mukofotlanganlar orasida Buxoro viloyatidan uch nafar ta’lim sohasi vakili ham bor.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish sho‘basi boshlig‘i Umidjon Haydarov “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Boshqarmaning o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik xizmat sho‘basi rahbari Olimjon Hafizov hamda Buxoro tumanidagi 3-umumta’lim maktabi direktori Gulbahor Rahmonova “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.
Ushbu e’tirof ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, o‘z kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan yondashayotgan xodimlarning faoliyatiga berilgan munosib baho sifatida qayd etildi.
Mukofotlar V “Ustozlar milliy forumi”ning tantanali yopilish marosimida topshirildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


