Buxoro yangiliklari
Qorako‘lda 2 173 nafar fuqaro keng qamrovli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Salomatlik marafoni» doirasida Qorako‘l tumani Chekirchi mahallasida aholi uchun kengaytirilgan tibbiy ko‘rik va sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tadbir Acharya University binosida o‘tkazilib, unda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali yetakchi mutaxassislari, viloyat tibbiyot muassasalari shifokorlari hamda sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari ishtirok etdi.

Chekirchi mahallasida 7 852 nafar aholi istiqomat qiladi. Tibbiy ko‘rik rejasiga kiritilgan 2 173 nafar fuqaroning barchasi — 100 foizi qamrab olindi.

Jumladan, 130 nafar homilador ayol, ikki yoshgacha bo‘lgan 198 nafar, besh yoshgacha bo‘lgan 193 nafar va yetti yoshgacha bo‘lgan 285 nafar bola, 750 nafar keksa hamda 610 nafar surunkali kasalligi bor shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida aholiga mobil rentgen, mammograf va UTT kabi zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida tekshiruvlar o‘tkazilib, tor soha mutaxassislari tomonidan zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha bemorlarni davolash va keyingi nazoratga olish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Tibbiy ko‘rik bilan bir qatorda, tibbiy yordamga muhtoj va harakatlanishi qiyin bemorlarning xonadonlariga borilib, ularning salomatligi joyida o‘rganildi. Bemorlarga zarur tibbiy tavsiyalar berilib, keyingi kuzatuv va davolash choralari belgilab berildi.

Keng qamrovli tibbiy ko‘rik aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish, shuningdek, tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


