Buxoro yangiliklari
Buxoroda Akusherlik maslahat kengashi tashkil etildi
Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, onalar va chaqaloqlar o‘limining oldini olish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish hamda millatning sog‘lom genofondini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Shu maqsadda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida homilador, tug‘ruqdagi va tug‘ruqdan keyingi ayollarga ko‘rsatilayotgan akusherlik yordami sifatini oshirishga qaratilgan Akusherlik maslahat kengashi tashkil etildi.
Kengashning asosiy vazifasi homiladorlik va tug‘ruq davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni barvaqt aniqlash, yuqori xavf guruhidagi homiladorlarni o‘z vaqtida nazoratga olish, murakkab holatlarda yagona tibbiy taktikani belgilash hamda ona va homila hayoti va salomatligini muhofaza qilishdan iborat.
Kengashga Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Muhsin Rajabov raislik qiladi. Uning tarkibiga viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali va yuqori malakali shifokorlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali rahbari, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi bosh vrachi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining professor ilmiy unvoniga ega akusher-ginekolog mutaxassisi kiritilgan.
Zarur hollarda Kengash ishlariga anesteziolog-reanimatolog, neonatolog, terapevt, kardiolog va boshqa tor soha mutaxassislari jalb etiladi. Bu murakkab klinik holatlarni kompleks baholash va bemor uchun eng maqbul tibbiy taktikani belgilash imkonini beradi.
Kengash majlislarida yuqori xavfli va murakkab homiladorlik hamda tug‘ruq holatlari ko‘rib chiqiladi. Akusherlik qon ketishi, preeklampsiya va eklampsiya, akusherlik sepsisi, homila distressi kabi og‘ir holatlarda tibbiy yordam taktikasi muhokama qilinib, zarurat bo‘lsa bemorni yuqori darajadagi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yo‘llash masalasi hal etiladi.
Majlislar zaruratga ko‘ra, ayniqsa murakkab va yuqori xavfli holatlar aniqlanganda o‘tkaziladi. Shoshilinch vaziyatlarda Kengash zudlik bilan chaqirilishi mumkin. Muhokama yakunida bemorni olib borish bo‘yicha aniq tibbiy taktika belgilanib, qarorlar rasmiylashtiriladi.
Kengash og‘ir akusherlik asoratlari, ona va perinatal o‘lim holatlari, shoshilinch kesarcha kesish operatsiyalari, akusherlik qon ketishlari, gipertenziv asoratlar va akusherlik sepsisi kabi kritik holatlarni muntazam tahlil qiladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ishlab chiqiladi.
Yangi tuzilma viloyatda akusherlik yordamini tashkil etishda yagona yondashuvni ta’minlash, yuqori xavfli homiladorlarni erta aniqlash, asoratlarning oldini olish va murakkab holatlarda tezkor, asoslangan tibbiy qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Akusherlik maslahat kengashining tashkil etilishi Buxoro viloyatida ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini mustahkamlashga qaratilgan. Uning maqsadi har bir homiladorga o‘z vaqtida, sifatli va xavfsiz tibbiy yordam ko‘rsatish, ona va chaqaloqlar hayotini asrash hamda sog‘lom avlodni shakllantirishdir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


