Buxoro yangiliklari
Buxoroda uchta yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi
2026-yil 14-avgustdan Buxoro shahri va unga yondosh hududlarda uchta yangi avtobus yo‘nalishi — 4-, 6- va 7-sonli yo‘nalishlarda transport vositalari harakati tashkil etildi. Mazkur yo‘nalishlarda jami 46 ta yangi avtobus xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Buxoro viloyati transport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Buxoro shahrini Dehoji aholi punkti bilan bog‘lovchi 6-sonli “Dehoji aholi punkti — To‘qimachi bosh bekati” halqa yo‘nalishi aholiga jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida ishga tushirildi.
Yo‘nalish Dehoji aholi punktidan boshlanib, Madaniyat aholi punkti, BuxDU filiali, Madaniyat bosh bekati, “Markaziy bozor”, Ark majmuasi, Viloyat kasalxonasi, “Mustaqillik” ko‘chasi va shaharning boshqa muhim nuqtalari orqali To‘qimachi bosh bekatida yakunlanadi. Unda 16 ta yangi “Zongtong” rusumli avtobus xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi mavjud.
7-sonli “Moxi Xossa qo‘rg‘oni — 5-kichik nohiya” shahar avtobus yo‘nalishi ham Buxoro shahri aholisi va mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu yo‘nalish Moxi Xossa qo‘rg‘onidan boshlanib, Karvon bozor, “G‘ijduvon”, “Ibn Sino”, Viloyat bolalar kasalxonasi, “I. Mo‘minov” ko‘chasi va shaharning boshqa muhim nuqtalari orqali 5-kichik nohiyada yakunlanadi. Yo‘nalishda 14 ta yangi “Yutong” rusumli avtobus xizmat ko‘rsatadi va ularda ham elektron to‘lov tizimi mavjud.
4-sonli “Madaniyat bosh bekati — Hukumatobod MFY” halqa yo‘nalishi Buxoro shahrini Geofizika qo‘rg‘oni bilan bog‘laydi.
Yo‘nalish Madaniyat bosh bekatidan boshlanib, “Markaziy bozor”, “Mirdo‘stim”, “M. Iqbol”, BuxDU, Buxoro savdo majmuasi, “I. Mo‘minov” ko‘chasi va shaharning boshqa muhim nuqtalari orqali Hukumatobod mahallasida yakunlanadi. Unda 16 ta yangi “Zongtong” rusumli avtobus xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy qilingan.
Transport boshqarmasi yo‘lovchilarni jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lash va shu orqali tizim rivojiga hissa qo‘shishga chaqirdi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


