Salomatlik
Jaziramada chanqoqni tez bosadigan 5 ta foydali ichimlik
Jazirama kunlarda organizmning suv va elektrolitlar muvozanatini saqlash muhim. Chanqoq sezilmasa ham, har yarim soatda bir necha ho‘plam suyuqlik ichish tanani qizib ketishdan himoya qiladi. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Yurak ishemik kasalligi yoki qon bosimi bilan bog‘liq muammosi borlar ichiladigan suyuqlik miqdorini shifokor bilan kelishishi kerak. Sog‘lom odamlar uchun odatda har bir kilogramm vaznga 30–35 ml suyuqlik hisoblash tavsiya etiladi.
1. Issiq choy
Shakarsiz ko‘k choyga yalpiz yoki limon qo‘shib ichish chanqoqni bosadi va tana haroratini pasaytirishga yordam beradi.
2. Reza mevali mors va uy sharbati
Ichimlik o‘ta sovuq bo‘lmasligi va tarkibida shakar kam bo‘lishi kerak. Suv, sitrus sharbati, yalpiz, zanjabil yoki reza mevalardan tayyorlangan shakarsiz ichimlik yaxshi tanlovdir.
3. Mineral suv
Kuniga 0,5–0,75 litr mineral suv organizmdagi tuz muvozanatini saqlashga yordam beradi. Uni och qoringa ichmaslik va minerallashuvi past turini tanlash ma’qul.
4. Pomidor sharbati
Pomidor sharbatida meva sharbatlariga qaraganda shakar kamroq. U chanqoqni bosadi va qonni suyultirishga yordam beradi. Kuniga bir litrgacha ichish mumkin.
5. Ayron
Ayron chanqoqni qondiradi, so‘lak ajralishini kamaytiradi hamda organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini saqlashga ko‘maklashadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


