Buxoro yangiliklari

Gulhayo Haydarova Buxoro shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

ADABCC31 308D 43EA 9D58 89A9BD84501F
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro shahar hokimligida navbatdagi kadrlar tayinlovi amalga oshirildi. Haydarova Gulhayo Tolibovna Buxoro shahar hokimining o‘rinbosari – shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Gulhayo Haydarova 1989-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 2020-yilda Buxoro davlat universitetini, 2024-yilda esa Osiyo Xalqaro universiteti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — pedagogika va psixologiya. Ayni paytda pedagogika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy tadqiqotchisi hisoblanadi.

U mehnat faoliyatining asosiy qismini ta’lim tizimida olib borgan. Turli yillarda o‘qituvchi, amaliyotchi psixolog, direktor o‘rinbosari hamda umumta’lim maktablari direktori kabi lavozimlarda ishlab, ta’lim va tarbiya, yoshlar bilan ishlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida tajriba orttirgan.

Ta’lim muassasalaridagi faoliyati davomida yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, o‘quv jarayonini takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan qator tashabbuslarda ishtirok etgan.

Gulhayo Haydarova mazkur tayinlovga qadar Buxoro shahridagi 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, u Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati sifatida ham faoliyat olib borgan. Deputatlik faoliyati davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, xotin-qizlar va yoshlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarda qatnashgan.

Endilikda Gulhayo Haydarova Buxoro shahrida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarga mas’ul bo‘ladi.

Oila va xotin-qizlar bilan ishlash mahallalardagi ijtimoiy muhitdan tortib, bandlik, ta’lim va ijtimoiy himoyagacha bo‘lgan ko‘plab masalalarni qamrab oladi. Ayniqsa, muammoli oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish bu yo‘nalishdagi muhim vazifalardan sanaladi.

Xotin-qizlarning kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish ham sohadagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu jarayonda mahallalar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash alohida ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim, psixologiya va rahbarlik yo‘nalishlarida orttirilgan tajriba yangi lavozimdagi vazifalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishi kutilmoqda. Eng muhimi, bu yo‘nalishdagi ishlarning samarasi Buxoro shahridagi oilalar va xotin-qizlar hayotida amaliy o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lishi lozim.

Buxoroisharif.uz jamoasi Gulhayo Haydarovani yangi lavozim bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar hamda mas’uliyatli vazifalarini amalga oshirishda omad tilaydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.