Buxoro yangiliklari
Buxoroda 102 ta oilaga quyosh paneli o‘rnatilishi belgilandi
Buxoro viloyatida ijtimoiy himoya va bandlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Agentlik direktori o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev viloyatdagi ijtimoiy soha obyektlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. “Ijtimoiy reyestr”dagi 102 ta oilaga quyosh paneli va gelio-kollektor o‘rnatish belgilangan bo‘lib, bu ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, “Ijtimoiy reyestr”dagi fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi. Buxoro shahridagi S. Boxarziy va Shayx-ul-Olam mahallalarini bog‘lovchi ko‘chadagi uchta istiqbolli loyiha bilan tanishildi.
“Narzulloyev” MChJ asosida tashkil etilgan zamonaviy tikuvchilik markazida 10 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxonadagi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.
“Farobiy International School”da alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb etish, to‘siqsiz muhit, korreksion-pedagogik xizmatlar va davlat subsidiyalari masalalari o‘rganildi. 2027-yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan Ko‘p funksional inklyuziv resurs maktabi uchun ajratilgan yer maydonlari hamda loyihani joylashtirish sxemalari ko‘rib chiqildi.
“PRADO N” MChJ yangi bino xarid qilib, protez va ortopediya mahsulotlari atelesini tashkil etish jarayonini boshlagan. O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


