O‘zbekiston
Nega yosh ulg‘aygan sari bo‘y pasayadi? Ayollar uchun muhim belgilar
Yosh ulg‘ayishi bilan bo‘y bir necha santimetrga pasayishi mumkin. Bu tabiiy jarayon bo‘lsa-da, ayrim holatlarda umurtqa pog‘onasi va suyaklar bilan bog‘liq muammolardan darak berishi ehtimoli bor. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Tadqiqotlarda 30–70 yosh oralig‘ida erkaklar o‘rtacha 3 sm, ayollar esa 5 sm bo‘y yo‘qotishi qayd etilgan. 80 yoshga kelib bu ko‘rsatkich erkaklarda taxminan 5 sm, ayollarda 8 smga yetishi mumkin.
Bunga umurtqalarning yemirilishi, umurtqalararo disklarning yupqalashishi hamda qad-qomatning o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, 50 yoshdan keyin suyak massasi kamayishi va osteoporoz xavfi ortishi bilan bo‘y tezroq pasayadi.
Mutaxassislar muntazam jismoniy faollik, mushaklarni mustahkamlovchi mashqlar, oqilona ovqatlanish va qomatga e’tibor berish xavflarni kamaytirishga yordam berishini ta’kidlaydi. Bo‘y qisqarishi keskinlashsa, bel og‘rig‘i yoki bukchayish kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


