Buxoro yangiliklari
Buxoroda eng ko‘p ovoz olgan tez tibbiy yordam xizmatlari aniqlandi
Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash maqsadida o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma yakunlandi. Bu haqda Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan so‘rovnomada aholi xizmatning tezkorligi, chaqiruvlarga o‘z vaqtida yetib borish, tibbiy xodimlarning kasbiy mahorati, bemorlarga munosabati va xizmat sifatini ovoz berish orqali baholadi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Qorako‘l tez tibbiy yordam stansiyasi 3553 ovoz bilan birinchi, Olot stansiyasi 2915 ovoz bilan ikkinchi, Call-markaz 848 ovoz bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Vobkent stansiyasi 311 ovoz bilan to‘rtinchi, Qorovulbozor stansiyasi 256 ovoz bilan beshinchi bo‘ldi.
Jondor stansiyasi va Buxoro shahar Markaziy tez tibbiy yordam stansiyasi 139 tadan, Shofirkon va Peshku stansiyalari 129 tadan ovoz oldi. Kogon stansiyasi 108, Buxoro shahar-2 podstansiyasi 102, Buxoro stansiyasi 87, G‘ijduvon stansiyasi 50, Buxoro shahar-1 podstansiyasi 48, Romitan stansiyasi 40, G‘ijduvon-2 podstansiyasi 31 hamda Kogon shahar stansiyasi 26 ovoz to‘pladi.
Natijalar aholining tez tibbiy yordam tizimiga munosabati va ishonchini ko‘rsatdi. Chaqiruvlarni qabul qilish hamda muvofiqlashtirishda muhim o‘rin tutuvchi Call-markazning yuqori natija qayd etgani ushbu xizmatga e’tibor kuchli ekanini ko‘rsatadi.
So‘rov tashkilotchilari har bir ovoz tibbiy xizmat sifatini oshirish, murojaatlarga tezkor javob berish va tizim samaradorligini yuksaltirishda muhimligini ta’kidladi. Eng yuqori natija qayd etgan dastlabki besh jamoa munosib taqdirlanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


