Buxoro yangiliklari
G‘ijduvonda 390 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda
G‘ijduvon tumanida chorvachilik xo‘jaliklarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, naslchilikni takomillashtirish, yuqori mahsuldor zotlarni ko‘paytirish va go‘sht yetishtirish hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Chorvachilik aholi bandligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirish va ichki bozordagi oziq-ovqat talabini qondirishda muhim o‘rin tutadi.

Tumandagi xo‘jaliklarda naslli qoramollar sonini ko‘paytirish, ularni zamonaviy usullarda parvarishlash va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

«Ochil Begiyon» fermer xo‘jaligida go‘sht yo‘nalishidagi 90 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda. Ular orasida simmental, angus, oqbosh va sharole zotlari bor.

Xo‘jalikda zotlarning go‘shtdorlik xususiyatlaridan samarali foydalanish, sifatli ozuqa bilan ta’minlash va naslchilik ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali mahsuldorlikni oshirish rejalashtirilgan.

«Anvarota Zamini» fermer xo‘jaligida esa go‘sht yo‘nalishidagi 300 bosh naslli qoramol boqilmoqda. Bu yerda qizilcho‘l, simmental, qozoq oqboshi va angus zotlari parvarishlanadi.

Mazkur xo‘jalikda naslli qoramollar sonini ko‘paytirish, mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash va go‘sht yetishtirish hajmini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan choralar amalga oshirilmoqda.

Yuqori mahsuldor zotlarni ko‘paytirish bilan birga, to‘g‘ri oziqlantirish, sifatli yem-xashak bazasini yaratish, veterinariya xizmatlarini o‘z vaqtida tashkil etish va samarali parvarish muhim hisoblanadi.
Tarmoqdagi ishlab chiqarishning ortishi yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadini ko‘paytirish, qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish va ichki bozorda go‘sht ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi. G‘ijduvonda xo‘jaliklarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, naslchilikni rivojlantirish va zamonaviy parvarish usullarini joriy etish ishlari davom ettiriladi.
Asosiy maqsad mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish, sifatli go‘sht ishlab chiqarish hajmini oshirish va ichki bozor ehtiyojini barqaror ta’minlashdan iborat.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


