Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyatida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda
Buxoro viloyatida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshligʻi Bahodir Mirzarahimov hududlardagi jarayon bilan tanishdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
“Sadriddin Ayniy” mahallasida olib borilayotgan ishlar tozalash va chiqindilarni olib chiqish bilangina cheklanmayapti. Hudud qiyofasini yaxshilash, koʻkalamzor maydonlarni kengaytirish, yoʻl boʻylarini tartibga keltirish va infratuzilmani obodonlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jarayonga yirik texnikalar jalb qilingan, ishchi guruhlar bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻnalishda ishlamoqda. Bir hududda yer maydonlari tozalanib tekislanayotgan boʻlsa, boshqa joyda daraxt va butalarga ishlov berilmoqda, yigʻilgan chiqindilar esa maxsus texnikalarda olib chiqilmoqda.

Mahallaning har bir qismiga kompleks yondashuv qoʻllanmoqda: bunda nafaqat bugungi tartib, balki uning kelgusidagi qiyofasi ham eʼtiborga olinmoqda.

Asosiy maqsad mahallani faqat bayramlar arafasida emas, doimiy ravishda toza, ozoda va yashash hamda mazmunli hordiq uchun qulay maskanga aylantirishdir.



-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


