Buxoro yangiliklari

Gʻijduvonda 90 oʻrinli yangi bogʻcha foydalanishga topshirildi

gijduvon kindergarten 20
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Gʻijduvon tumanidagi “Oqgul” mahallasida 18-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining mukammal taʼmirlangan binosi va 90 oʻrinli yangi qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Loyiha Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirildi. U Gʻijduvon tumanida bolalar uchun sifatli maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish va munosib sharoit yaratishga qaratilgan.

 

Muassasa Islom taraqqiyot banki hamda OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida 4,2 milliard soʻm hisobidan mukammal taʼmirlandi. Qoʻshimcha bino bilan birga bolalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz muhit yaratildi.

 

Ochilish tadbirida tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mutasaddilari, taʼlim tashkiloti xodimlari, ota-onalar, nuroniylar va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

 

Tadbirda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, bolalarning sifatli taʼlim va tarbiya olishi uchun sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani qayd etildi.

 

Yangi taʼlim maskani hududdagi bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini kengaytirishga, ularning intellektual, jismoniy va maʼnaviy rivoji uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

 

Tadbir ishtirokchilari muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.