Buxoro yangiliklari

G‘ijduvondagi to‘rtta sport obyekti 7,8 milliard so‘mga yangilanmoqda

buxoro gijduvon sport infratuzilma 22
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

G‘ijduvon tumanidagi to‘rtta sport obyekti jami 7 milliard 800 million so‘mlik loyihalar doirasida qurilmoqda va rekonstruksiya qilinmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i U. Nadjimidinov G‘ijduvon tumanidagi obyektlarda qurilish va rekonstruksiya ishlarining holatini ko‘zdan kechirdi. Zarafshon mahallasidagi “Zarafshon” sport majmuasining futbol maydonida “Ochiq budjet” dasturi doirasida 1,5 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

G‘ijduvondagi sport obyektida qurilish materiallari

Pozagari mahallasida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 400 million so‘mga zamonaviy futbol maydoni bunyod etilmoqda. Mazkur loyiha hudud aholisi va yoshlarining muntazam sport bilan shug‘ullanishi uchun yangi sharoit yaratishga qaratilgan.

Sport majmuasidagi rekonstruksiya jarayoni

G‘alaba mahallasidagi “Paxtakor” markaziy o‘yingohining futbol maydoni “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” dasturi asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Ushbu obyekt uchun 3 milliard 400 million so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda.

Yangi sport qoplamasini yotqizish ishlari

Soktari mahallasidagi “Soktari” sport majmuasida ham rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Bu obyektni yangilash uchun 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Sport obyektidagi qurilish texnikasi

To‘rtta loyiha qiymati jami 7 milliard 800 million so‘mni tashkil etadi. O‘rganish davomida qurilish sifati, ishlarning sur’ati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi alohida ko‘rib chiqildi.

G‘ijduvondagi yangilanayotgan sport majmuasi

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, barcha ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Loyihalar tugallangach, G‘ijduvon tumanidagi aholi, ayniqsa yoshlar uchun futbol va boshqa sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengayadi.

Sport obyektlaridagi ishlarni o‘rganish jarayoni

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.