Buxoro yangiliklari

Peshkulik sportchilar O‘zbekiston kubogida uchta oltin medal qo‘lga kiritdi

buxoro uzbek jang sanati kubok 22
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Peshku tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston kubogida uchta oltin, sakkizta kumush va uchta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Musobaqa 17–21-avgust kunlari Samarqand shahrida yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda Peshku tumani 1-son sport maktabi treneri Feruz Ismoilovning shogirdlari qatnashdi.

O‘zbekiston kubogida qatnashgan Buxoro sportchilari

Shermurodov Mirjaxon, Shermurodov Chingizxon va Rustamov Jahongirning har biri bittadan oltin hamda bittadan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbek jang san’ati musobaqasining ochilish jarayoni

Izzatova Nozli ikki kumush medalga sazovor bo‘ldi. Husenova Saodat va Akmalova Aziza esa bittadan kumush medal bilan musobaqani yakunladi.

Buxoro sportchilarining jamoaviy surati

Buxoro viloyati qizlar jamoasi jamoaviy kompleks mashqlarda yana to‘rtta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi sovrindorlari medal va diplomlar bilan

Buxoro viloyatining 14–17 yoshlar jamoasi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi. Natijalar viloyat vakillarining yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi bahslarda muvaffaqiyatli qatnashganini ko‘rsatdi.

Peshku sport maktabi tarbiyalanuvchilari

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.