Buxoro yangiliklari
Buxorodagi “Humo” sport majmuasi yangilandi, futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 50 nafardan oshdi
Buxoro shahridagi “Humo” sport majmuasi davlat-xususiy sheriklik asosida keng ko‘lamda qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Tadbirkor Anvar Kenjayev tashabbusi bilan yangilangan majmuada mini-futbol, boks va katta tennis bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratilib, zamonaviy sport inventarlari o‘rnatildi. Loyiha aholi, ayniqsa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan.
Yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoshlarning sportga qiziqishi oshdi. Futbol maktabida avval 10 nafar bola shug‘ullangan bo‘lsa, hozir tarbiyalanuvchilar soni 50 nafardan oshgan. Yosh sportchilar xalqaro turnirlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Majmuada xotin-qizlar sportini ommalashtirishga ham alohida e’tibor qaratilib, ayollarning salomatligini mustahkamlashi uchun qulayliklar yaratilgan.
Aholi salomatligini asrash va hudud sport infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Anvar Kenjayev Prezident farmoniga muvofiq “Sog‘lom turmush” medali bilan taqdirlandi. Tadbirkor ushbu mukofot yoshlarni zararli odatlardan uzoq tutish va sog‘lom hayot sari yetaklash yo‘lidagi mas’uliyatini yanada oshirishini ta’kidladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


