O‘zbekiston
“Qoidangga ham dedi, svetoforingga ham va boshqa harakat ishtirokchilaringga ham” – Buxoroda Damas haydovchisi qoidani buzdi

Kuni kecha Telegramdagi “UDDU channel” (O‘zbekiston yo‘l harakati ishtirokchilari) kanalida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir necha avtomobillar qarshisidan (shu payt svetofotda “yashil” chirog‘i yonadi) qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilgan Damas aks etgan video joylashtirildi. Ushbu holat yzuasidan Buxoro viloyati IIB rasmiy axborot e’lon qildi.
Aniqlanishicha, “Damas” rusumli 80 | K 610 NA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib harakatlangan. Mazkur video Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu avtomobil haydovchisi M. N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1285-moddasi 2-qismi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Buxoro viloyatining barcha aholi yashash punktlari yaqinida joylashgan yo‘llarda avtomobillarning ruxsat etilgan harakatlanish tezligi 60 km/s etib belgilandi.
O‘zingiz va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang! Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!