Buxoro yangiliklari
Buxoro shahri va ba’zi tumanlarida ruxsat etilgan maksimal harakat tezligi 60 km/s etib belgilandi. Ro‘yxat
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 2023-yilning 17-yanvar kuni tasdiqlandi.
Mazkur bayonning 1 ilovasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Jumladan, Buxoro viloyati bo‘yicha ham bir qancha markaziy ko‘chalarida harakat tezligi 60 km/s etib belgilandi.
Buxoro shahri
1. Islom Karimov ko‘chasi;
2. Muhammad Iqbol ko‘chasi;
3. Namozgoh ko‘chasi;
4. Abu Ali ibn Sino ko‘chasi;
5. Bahouddin Naqshband ko‘chasi;
6. Navoiy shoh ko‘chasi;
7. G‘ijduvon ko‘chasi.
Kogon shahri
1. Buxoro shoh ko‘chasi;
2. Mahmud Tarobiy ko‘chasi.
G‘ijduvon tumani
1. Abdulxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasi;
2. Yusuf Hamadoniy ko‘chasi.
Qorako‘l tumani
1. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi;
2. Toshkent ko‘chasi.
Jondor tumani
1. Mahmud Tarobiy ko‘chasi;
2. Zarafshon ko‘chasi;
3. Istiqlol ko‘chasi;
4. Sadriddin Ayniy ko‘chasi.
Olot tumani
1. Olot shoh ko‘chasi.
Ma’lumot uchun, ushbu ro‘yxatiga Peshko‘, Qorovulbozor, Romitan, Vobkent, Shofirkon, Kogon, Buxoro tumanlari hududlari kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Tezlikni belgilangan meyoridan oshirish – jarima va/yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi