Buxoro yangiliklari
Jondorning Eronşoh mahallasida 2,5 kilometr yöl asfaltlandi
Jondor tumanining «Eronşoh» mahallasida 2 500 metr yölga asfalt yotqizilib, aholining köp yillik yöl muammosi hal etildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Mahallada yaşovçi Ğayrat Ravşanov qişloqdoşlari nomidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Işonç telefoni»ga içki yöllarni talab darajasida ta’mirlaş masalasida murojaat qilgan. Mas’ul taşkilotlar murojaatni nazoratga olib, vaziyatni joyida örgandi va amaliy işlar boşlandi.

Mahalliy byudjet mablaği hisobidan yölsozlik va obodonlaştiriş işlari bajarildi. Mahalladagi 1 300 metr içki tuproq yölning asosi tayyorlanib, şağallaştirildi. Şundan söng 2 500 metr uzunlikdagi yölga asfalt yotqizildi.

Avval köça yoğingarçilikda loy, yozda esa çang bölib, aholiga noqulaylik tuğdirgan. Ta’mir transport vositalari harakatini yengillaştirib, mahalla ahli, ayniqsa, maktab öquvçilari va nuroniylarning kundalik qatnovi uçun qulaylik yaratdi.

Jondor tumanidagi avtomobil yöllarining umumiy uzunligi 1 580 kilometrdan ortiq. Şundan 96 kilometri xalqaro, 159 kilometri davlat, 111 kilometri mahalliy ahamiyatdagi yöllardir. Mahalla va qişloqlardan ötadigan içki yöllar uzunligi 1 214 kilometrni taşkil etadi.
Hokimlik ma’lumotiga köra, aholining murojaatlari hamda mutasaddilar iştirokidagi sayyor qabullarda bildirilayotgan yöl ta’miriga oid şikoyatlar asosida tumandagi umumfoydalaniş avtomobil yöllarining ta’mirtalab qismlarida ham ta’mirlaş-tiklaş işlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


