Buxoro yangiliklari

Buxoroda oşqozonni taşqi kesmasiz kiçraytiriş amaliyoti bajarildi

15 gastrosliv cover
Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida xalqaro ilmiy-amaliy seminar doirasida endoskopik gastrosliv amaliyoti bajarildi. Bu haqda Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

«Endoskopiyada zamonaviy ilğor texnologiyalar» mavzusidagi seminar 10–13-noyabr kunlari Buxoro şahrida ötkazildi. Unda Rossiya, Janubiy Koreya, Tojikiston va Qozoğistondan kelgan yetakçi endoskopist olimlar, respublika markazi hamda hududlar mutaxassislari qatnaşdi.

Tört kunlik dastur ilmiy ma’ruzalar, amaliy maşğulotlar va mahorat darslarini qamrab oldi. Şu bilan birga, zamonaviy endoskopik texnologiyalarni amalda qöllaşga qaratilgan murakkab tibbiy amaliyotlar ötkazildi.

Ulardan biri — endoskopik gastrosliv (Endoscopic Sleeve Gastroplasty) bölib, u ortiqça vazn va semizlikni davolaşda qöllanadigan kam invaziv usullardan hisoblanadi.

Boşqarma tuşuntirişiça, bu usulda oşqozon hajmi qorin sohasida taşqi jarrohlik kesmalari qilinmasdan kiçraytiriladi. Maxsus endoskopik uskuna oğiz orqali kiritilib, oşqozon devorlariga çoklar qöyiladi va uning içki şakli özgartiriladi. Bu ovqat iste’moli miqdorini kamaytiriş hamda bemor vaznini nazorat qiliş imkonini beradi.

Amaliyot xorijiy tajribani örganiş, zamonaviy texnologiyalarni mahalliy tibbiyotga tatbiq etiş va mutaxassislarning amaliy könikmalarini oşirişga qaratildi. Seminar mahalliy va xorijiy mutaxassislar örtasida tajriba almaşiş hamda ilğor yutuqlarni amaliyotga joriy etiş maydoni böldi.

Boşqarma bunday yönalişlarni rivojlantiriş bemorlarga kam invaziv davolaş usullarini taklif etiş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va hududlarda yuqori texnologik tibbiy yordam imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişini qayd etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.