Özbekiston

Samolyot homilador ayol sabab, Samara aerodromiga qo‘ndi

Moskvadagi “Domodedovo” aeroportidan Buxoro tomon uchishi kerak bo‘lgan samolyot Samaraga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar beradi «Aviaincident» Telegram-kanali.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan soat 07:38 da havoga ko‘tarilgan Red Wings Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot yo‘lovchilardan birining ahvoli og‘irlashgani (38 yoshli ayol, homilador, qon ketishi) haqida ma’lum qilib, Samaradagi aerodromga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan. Shuningdek, ekipaj yetib kelishi bilan tez yordam so‘ragan.

Avvalroq Moskva—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan Rossiyaning “Sibir” aviakompaniyasiga tegishli samolyot 11-yanvar kuni soat 01:42 da Urganch xalqaro aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Favqulodda qo‘nish yo‘lovchilardan biriga — Tojikiston fuqarosiga tezkor tibbiy yordam kerak bo‘lib qolgani sabab amalga oshirilgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version