Özbekiston
Samolyot homilador ayol sabab, Samara aerodromiga qo‘ndi
Moskvadagi “Domodedovo” aeroportidan Buxoro tomon uchishi kerak bo‘lgan samolyot Samaraga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar beradi «Aviaincident» Telegram-kanali.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan soat 07:38 da havoga ko‘tarilgan Red Wings Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot yo‘lovchilardan birining ahvoli og‘irlashgani (38 yoshli ayol, homilador, qon ketishi) haqida ma’lum qilib, Samaradagi aerodromga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan. Shuningdek, ekipaj yetib kelishi bilan tez yordam so‘ragan.
Avvalroq Moskva—Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirgan Rossiyaning “Sibir” aviakompaniyasiga tegishli samolyot 11-yanvar kuni soat 01:42 da Urganch xalqaro aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Favqulodda qo‘nish yo‘lovchilardan biriga — Tojikiston fuqarosiga tezkor tibbiy yordam kerak bo‘lib qolgani sabab amalga oshirilgan.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


