Buxoro yangiliklari
Bosh prokuror o‘rinbosari va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Buxorodagi o‘rganishlari yakunlandi

Respublika ishchi guruhi tarkibida Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokurori Shuhrat Uzakov va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov tomonidan Buxoro viloyatida o‘rganishlari yakunlandi.
O‘rganishning so‘nggi kunlarida, viloyat bojxona boshqarmasi faoliyati bilan tanishildi hamda shu yerda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini tizimli hal qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligiga qarashli “Buxoro” dala-o‘quv poligonida viloyatdagi barcha kuch tuzilmalari hamkorligida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etildi.
5-avgust kuni ishchi guruhi o‘rganishlari natijalari viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat va tuman (shahar) sektor rahbarlari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari boshliqlari ishtirokida sohabay sarhisob qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘rganishlarning dastlabki kunida, Qorovulbozor tumani “Imom Buxoriy” mahallasida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” da ro‘yxatga turgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilgan bo‘lib, shuningdek, ishchi guruhi tomonidan tumandagi 17-sonli jazoni ijro etish muassasasida borilib, mavjud sharoitlar o‘rganilgan.