Buxoro yangiliklari
Bosh prokuror o‘rinbosari va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Buxoroda
Respublika ishchi guruhi tarkibida Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror Shuxrat Uzakov va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov tomonidan Buxoro viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini tizimli hal etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi.
O‘rganishning dastlabki kunida, Qorovulbozor tumani “Imom Buxoriy” mahallasida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” da ro‘yxatga turgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi hamda mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, ishchi guruhi tomonidan tumandagi 17-sonli jazoni ijro etish muassasasida borilib, mavjud sharoitlar o‘rganildi.
So‘ngra, Kogon shahridagi 2-sektor shtabiga borilib, u yerda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi hamda sektor raxbarining faoliyati o‘rganib chiqildi.
Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi