Mashhurlar

Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi

Xonanda Jasur Umirov “Sugʻdiyona” gazetasiga bergan intervyusida “Jumagul” qoʻshigʻining yaralish tarixi haqida gapirib berdi.

U Sirdaryoda konsert bergan. Oʻshanda noqulay ob-havoda ham xonandaning muxlislari stadionni tark etmagan. Ular orasidan ikki nafar oʻsmir yoshidagi qiz Jasur Umirovning oldiga borgan. Qizlardan biri unga ayiqcha oʻyinchogʻini berib, undan dastxat soʻragan. Shunda xonanda uning ismini soʻragan. Covgʻa bergan qizning dugonasi uning ismi Jumagul ekanini aytib, gapirolmasligini taʼkidlagan. Jasur Umirov esa qizga uning ismiga atab qoʻshiq aytishni vaʼda bergan.

“Bir yili Sirdaryodagi stadionda konsert bergandim. Oʻsha kuni rosa yomјir yogʻgandi. Shunga qaramay, tomoshaga kelganlar tarqalmadi. Qoʻshiq aytayotib, uzoqdan qoʻriqlash xizmati bir qizni oʻtishga qoʻymayotganiga koʻzim tushdi. Nihoyat qiz dugonasi bilan yonimga keldi. Qoʻlidagi ayiqchani menga berdi. Oʻsmir yoshidagi chiroyli qiz ekan. Dastxat soʻradi. Ismini soʻradim. Dugonasi ʻIsmi Jumagul, oʻzi gapirolmaydiʻ, deb aytdi. Jumagul ismini birinchi bor eshitishim edi. Dugonangga ayt, uning ismiga, albatta, qoʻshiq kuylayman, deb aytgandim. Birinchi yozgan qoʻshiјim xit boʻldi. Shu-shu oʻzim qoʻshiq yozishni boshladim. Avvallari menga qoʻshiq yozib berishardi. Lekin oʻz gʻoyalarimni qoʻshib turardim. 30 ta qoʻshigʻimni oʻzim yozganman”, — deydi xonanda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version