Islom

G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?

Foto: Daily Sabah

Hamma ulamolar bir ovozdan g‘iybatni gunohi kabira ekanini e’tirof etishgan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalardan:

“Gʻiybat nima ekanini bilasizmi?” deb so‘radilar. Ular: “Alloh va Rasuli biluvchiroq”, deyishdi. Nabiy alayhissalom: “Birodaringiz u haqida gapirgan so‘zingizni eshitib, xafa bo‘lsa, siz uni g‘iybat qilibsiz”, dedilar. Sahobalar: “Yo Rasululloh, biz aytgan sifat unda bo‘lsa-chi?” deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Agar siz aytgan sifat unda bo‘lsa – g‘iybat, bo‘lmasa – bo‘hton qilibsiz”, dedilar» (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Me’rojga chiqqanimda misdan bo‘lgan tirnoqlari bilan yuzlariyu ko‘ksilarini tirnayotgan bir qavmning oldidan o‘tdim. Men: “Ey Jabroil, ular kimlar?” deb so‘radim. “Bular u dunyoda odamlarning go‘shtini yeb (ya’ni, g‘iybat qilib), obro‘larini to‘kkanlar”, deb javob berdi» (Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyati).

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version