Mashhurlar
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video

Teleboshlovchi, aktyor Jahongir Xoʻjayev “Amirxon Umarov shousi” koʻrsatuviga bergan intervyusida “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi.
Jahongir Xoʻjayev oldin “Aristokratlar” nomiga munosib mavzu tanlangani, hozirda esa qaysi mavzu trendda boʻlsa, shuni olib chiqishayotganini aytdi. Aktyor agar unday boʻlmasa, hazil oʻtmasligini taʼkidladi. Jahongir Xoʻjayevning soʻzlariga koʻra, shu kabi hazillar qogʻozga oʻrab olib chiqiladi.
“Oldin nomga qarab tanlardik. Hozirgi kunda nima mavzu trendda boʻlsa, oʻshani olib chiqish kerak. Boʻlmasa oʻtmaydi. Oʻsha chiziqda yurishga majburmiz. Biz baribir oʻqiganmiz. Shunga qarab, uni ham qogʻozga oʻrab, undan yaxshiroq qilishga harakat qilamiz”, — deydi u.