Hodisalar

Jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalalar Bosh prokuratura tomonidan ochiqlanishi zarur yohud Qoraqalpogʻistondagi voqealar xususida

Bundan bir necha kun avval 2022-yilning 1- va 2-iyun kunlari Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklarda ishtirok etgan shaxslar ustidan Buxoro viloyati sudida jinoyat ishi koʻrilayotgani haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari yuzasidan sud majlisida ishtirok etgan Komissiya a’zolarining fikrlari tinglandi. Sud jarayonlarining ochiq shaklda o‘tkazilayotgani, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tahlil qilindi va ularning Komissiya a’zolariga bildirgan fikrlari bilan solishtirildi.

Mustaqil komissiya a’zolarining Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonlarida ishtirok etishi davomida bu borada yuzaga kelayotgan va keng aholi vakillarini xavotirga solayotgan holatlar o‘rganib chiqildi hamda ularga oydinlik kiritilishini so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.

Murojaatda ommaviy tartibsizliklarni sodir bo‘lishida aybdor sifatida hibsga olingan 516 nafar fuqaro, hozirda ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan 22 nafar ayblanuvchi, yopiq muassasalarda vaqtincha ushlab turilgan boshqa shaxslar, ma’muriy javobgarlikka tortilganlar, shuningdek, tartibsizliklar vaqtida huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan ortiqcha kuch-vosita ishlatilganligi hamda inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan axborot berish so‘raldi.

Sud-tergov jarayonlari ishtirokchilariga oid yakuniy statistik va tahliliy ma’lumotlar ochiqlanishi bilan, bu haqida Mustaqil komissiya tomonidan jamoatchilik xabardor etiladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version